"Turon" 7 kun ichida "Navbahor", "Qizilqum" va "So'g'diyona" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2021
Ayni kunlarda Superliganing navbatdagi tur uchrashuvlariga "Turon"ning tayyorgarlik mashg'ulotlari qizg'in ruhda davom etmoqda.

FIFA kunlari munosabati bilan chempionatda yuzaga kelgan tanaffus vaqtidan unumli foydalanish maqsadida "Turon" bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazishni maqsad qilgan. Xususan 5 iyun kuni Namanganning "Navbahor", 9 iyunda Navoiyning "Qizilqum" va 12 iyun sanasida Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bilan o'rtoqlik maqomidagi o'yinlar o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати