Turkmaniston terma jamoasi Dubaydagi yig'inni yakunladi

Omonjon To`xtamirzayev
20 okt 2023
8-18 oktyabr kunlari Turkmaniston terma jamoasi Dubayda yig'in o'tkazdi.

BAAda Mergen Orazov shogirdlari uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Turkmaniston terma jamoasi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini BAAning “Ajman” klubiga qarshi o'tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

19 oktyabr kuni Turkmaniston terma jamoasi Ashxobodga qaytib keldi.

Avvalroq qo'shnilarimizning “Dubay Yunayted” (3:1) va "Shabab Al Ahli" (1:4)ga qarshi o'yin o'tkazgani to'g'risida xabar berilgandi.

JCH-2026 saralashida Turkmaniston terma jamoasi “E” guruhida Eron, O'zbekiston va Gongkong terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.

Turkmaniston terma jamoasi JCH-2026 final bosqichiga yo'l olish uchun kurashni 16 noyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekistonga qarshi uy uchrashuvidan boshlaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia