Turkiya Superligasi. O'zil zaxiradan tushib, debyut qilgan bahsda “Fenerbahche” zafar quchdi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2021
Musobaqa 23-turidan o'rin olgan “Xatayaspor” – “Fenerbahche” o'rtasidagi bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Ilk bor istanbulliklar qaydnomasidan joy olgan Mesut O'zil 77-daqiqada hujumchi Mame Tiamning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.

“Fenerbahche” bugungi muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 48 taga etkazib, peshqadamligini mustahkamladi.

“Xatayaspor” – “Fenerbahche” 1:2 (0:1, 1:1)

“Otaturk” stadioni

Gollar: Tiam 26 – 0:1, Billong (a.g.) 88 – 0:2, Bupenze 90 – 1:2.

 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia