Turkiya kubogi. Aliqulov 73 daqiqa o'ynagan bahsda "Rizespor" yirik g'alabaga erishdi

Оқил Абдубарноев
7 dek 2023, 23:01
Turkiya kubogi 1/32 finalidan o'rin olgan "Rizespor" - "Bukaspor" uchrashuvi yakunlandi.

Mazkur uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi. Klub safida o'zbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 73-daqiqada almashtirildi.

O'yinda Gaych xet-trik qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Varesanovich mualliflik qildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia