Turkiya chempionatida o'yindan so'ng yutqazgan jamoa muxlislari raqib futbolchilari bilan mushtlashdi

Оқил Абдубарноев
18 mar 2024
Turkiya Superligasi doirasidagi "Trabzonspor" - "Fenerbaxche" uchrashuvi janjallarga boy bo'ldi.

Bellashuvda mehmonlar belgiyalik hujumchi Mishel Batshuayining 87-daqiqada urgan golidan so'ng 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin davomida mezbon ishqibozlar maydonga suv idishlari va pirotexnika vositalari uloqtirishdi.

Uchrashuv so'ngida esa trabzonlik muxlislar maydon markazida g'alabasini nishonlayotgan "Fenerbaxche" futbolchilaridan g'azablangan holda stadionga bostirib kirishib, ular bilan mushtlashib ketdi.

VIDEO


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia