

Manbaga ko'ra, klubga egalik qiluvchi Lensdaunlar oilasi klubni sotishni rejalashtirmagan, ammo Ash Shayx ular uchun juda qulay taklif bilan chiqishi mumkin. Avvalroq saudiya arabistonilik promouter va biznesmenning qiziqishi "Milluoll" va "Sautgempton" bilan bog'liq edi.
"Bristol Siti" 2024/25 yilgi mavsum Chempionship jadvalida 6-o'rinni egalladi. APL o'ynash huquqi uchun o'tkazilgan musobaqa yarim finalida "Sheffild Yunayted”ga ikki uchrashuvda umumiy 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.



