Kelishilgan o'yinmi? Jamoa o'zi uchun muhim bo'lgan 7 golni urib, yuqoriroq divizionga chiqdi

Mirjalol Normatov
8 may 2022
"Bristol Rovers" jamoasi chempionat so'nggi turida 7:0 hisobida g'alabaga erishib, Angliya Birinchi ligasiga yo'llanma oldi.

Joui Barton shogirdlari so'nggi tur arafasida 3-o'ringa ko'tarilish uchun yoki "Nortxempton"ning ochko yo'qotishini yoki o'zlari 5 gol farqi bilan g'alabaga erishishlari kerak edi.

"Nortxempton" 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Endi esa "Bristol" 3-o'ringa chiqishi uchun kamida 7 gol urishi kerak edi.

Bahsning 76-daqiqasida "Nortxempton" 3:1 hisobida oldinda borayotgan bir vaqtda "Bristol Rovers" raqib darvozasiga javobsiz beshta gol urgandi. 79 va 86-daqiqalarda kiritilgan ikki gol esa jamoani 3-o'ringa olib chiqdi.

Turnir jadvalida jamoalarning ochkolari tengligicha qoldi. Undan tashqari, urilgan va o'tkazilgan gollardagi farq ham tenglashdi. Faqatgina "Bristol Rovers" urilgan gollar ko'pligi sababli 3-o'rinni ilib ketdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal