Tur murabbiyi - Ilhom Mo'minjonov

Superliganing 3-turining eng yaxshi murabbiyi deb "lochinlar" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov topildi.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Superliganing 3-turidan o'rin olgan markaziy bahsda "Lokomotiv"ni mag'lub etgan "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov ortiqcha raqobatsiz tur murabbiyi nomiga sazovor bo'ldi. Amaldagi chempionga qarshi bahsda jamoasini yaxshi tayyorlay olgan Mo'minjonov yakunda muhim g'alabaga erishdi. Shu tariqa Ilhom Mo'minjonov saytimiz tomonidan o'tkazilib kelinayotgan tur laureatlarida ilk bor g'olibga aylandi.


Manba: championat.asia