Azim Ahmedov: "Ilhom Mo'minjonovning taklifidan so'ng ikkilanmasdan "Metallurg"ga keldim"

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026
"Metallurg" tajribali yarim himoyachisi Azim Ahmedov tayyorgarlik jarayonlari bilan o'rtoqlashdi.

"Pro ligaga tayyorgarlik ajoyib ketyapti, asosiy e'tibor jismoniy yuklamalarga qaratilgan. Nazorat uchrashuvlari orqali o'yinimizni shakllantiryapmiz. 

"Metallurg"ga kelishimning birinchi sababi Ilhom Mo'minjonov bo'ldi. Ular oldin aloqaga chiqqandilar. Taklifni ikkilanmasdan qabul qildim. 

Pro liga qiziydi. Hamma jamoalar kuchaymoqda, tarkibiga legionerlar olyapti", – deydi Azim Ahmedov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia