Tunisga qarshi o'yindan oldin Belgiyada bir yo'la ikki yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
22 iyun 2018
Belgiya termasi himoyachilari Tomas Vermalen va Vensan Kompani JCH-2018ning 2-turi doirasida Tunisga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda terma bosh murabbiyi Roberto Martines ma'lumot berdi.

"Kompani va Vermalen jarohatidan tiklanib ulgurmadi. Shu boisdan ular ertangi uchrashuvda qatnashmaydi. Boshqa yo'qotishlar yo'q. Qo'l ostimda 23 kishilik tarkib bor. Shu boisdan ilk daqiqalardan maydonga tushadigan futbolchilarni ayta olmayman", - dedi Martines.

Belgiya - Tunis uchrashuvi ertaga soat 17:00da boshlanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru