

U mavsumning oxirgi o'yinida maydonga tushgan mahal tizzasidan jarohat oldi. Xabaringiz bor, ushbu futbolchi Qatarning "Al Duhayl" klubida faoliyat olib bormoqda. U jarohati sabab oktyabr oyigacha futbol o'ynaydi olmaydi, bu esa jahon chempionatiga ham bora olmay deganidir.
Yussef Msakni Tunisning eng asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi va bejizga 7-raqamda o'ynamaydi. U instagram sahifasiga "Men juda xafaman" deb yozdi. Tunisliklar JCHda Belgiya, Angliya va Panagaga qarshi bahs olib borishadi. Msakni JCH saralash o'yinlarida uchta gol urib jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lgandi.



