

"Kavani rostdan ham kimnidir kamsitishni istamagan. Ammo 3 o'yinga chetlatirish unga katta saboq bo'ladi.
Edinson jamoasiga muhim g'alabani taqdim qilganidan xursandman. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda nimadir yozishdan oldin 10dan 9 postni o'ylab yozish kerak.
Kavani urilgan gollardan sarmast bo'lib qolgani aniq. Shu sababdan u nima yozganini bilmay qolgan.
O'z navbatida FA ham birdaniga xulosa qilmasligini istab qolardim. APLda barcha qitadan futbolchilar bor. Ularning urf-odati, madaniyati boshqacha. Buni ham bir o'ylab ko'rishlarini istab qolardim", - dedi Dini.



