

"Nyukasl" himoyachisi Kiran Tripper jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad qildi.
"Men 100 foiz e'tiborimni "Nyukasl"ga qaratganman. Men shu yerda va faqat shu yerda bo'lishim kerak", – dedi futbolchi.
Oldinroq "Bavariya" Tripperga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, "hakkalar" bosh murabbiyi transfer oynasi yopilishidan oldin bir yoki bir nechta o'yinchilarni sotish istagida.



