

"Kiranning mavsum so'nggiga qadar qaytishiga umid qilamiz, ammo uning jarohati jiddiyligi ayon. Bu jiddiy zarba, u ajoyib o'ynadi. Tripperning tiklanishi qanday o'tarkan, ko'ramiz.
Uning oldin foyda keltirgan maydondagi yetakchilik qobiliyati bizga yetishmaydi. Kiran so'nggi ikki o'yinda ikkita gol urdi va bu biz uchun muhim edi, ammo biz Tripperning o'rnini yopishimizga ishonchimiz komil", - deydi Xau.
Tripper "Nyukasl"ga yanvarda "Atletiko"dan o'tdi. 31 yoshli angliyalik jamoa tarkibida 5ta o'yinda 2ta gol urishga erishdi.



