Trent top-5 ligalarda to'pni yo'qotish borasida eng yomon natijani qayd etmoqda

Mirjalol Normatov
14 fev 2021
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold "Lester"ga qarshi o'yin vaqtida to'pni yo'qotish borasidagi rekordni yangilab oldi.

O'tgan oyda himoyachi "Sautgempton"ga qarshi o'yinda 39 marta to'p yo'qotib, ushbu mavsum top-5 ligalarda bir o'yinda bunday yomon natija qayd etgan ilk futbolchiga aylangandi.

"Lester"ga qarshi o'yinda u 128 marta to'pga tegingan bo'lsa, 45 marta to'pni raqiblariga berib qo'ydi. Bu esa 35,2 foizni tashkil qiladi. Bu orqali u o'zining antirekordini yangilab oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal