Trent Aleksandr-Arnoldning futboldagi orzusi nima?

Alisher
26 dek 2019
"Liverpul" himoyachisi Trent-Aleksandr-Arnold futboldagi orzusini aytdi.

Trentning aytishicha, u Angliya chempionatini yutishni xohlaydi. Aynan uning jamoasi hozirda APLda katta farq bilan 1-o'rinda bormoqda.

"Mening orzuim - Angliya chempionligini qo'lga kiritish. Bu alohida yutuq. Men hattoki bu qanday tuyg'u ekanligini tasavvur ham qila olmayman.

Men shunday bo'lishini juda ham xohlayman. Biz quvonchga to'lamiz va muxlislarga bu tuyg'uni ulashamiz. Biz jadvalda yetakchilik qilyapmiz va bu holat bizga yoqmoqda", - deydi Trent.


AlisherMuallif
Manba: BBC