Transfermarkt.de: Igor Sergeev BAA klubi bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2018
"Paxtakor" klubi va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev BAA pro-ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Al Dafra" klubiga ko'chib o'tdi.

Bu haqda www.championat.asia sayti jahonga mashhur Transfermarkt nashriga tayanib xabar berdi.  


Manbaga ko'ra Sergeev BAA klubiga 1,5 million evro evaziga ko'chib o'tgan va 2020 yilning 31 dekabr kuniga qadar shartnoma tuzgan. Futbolchining ayni paytdagi transfer narxi 1,8 million evroga teng deb qayd etilgan Transfermarkt saytida.


Sergeev 2015 yilda oliy liga to'purari bo'lgandi. Bu mavsum hujumchi oliy ligada 13ta gol urdi.

"Al Dafra" ayni paytda BAA pro-ligasida 11ta o'yindan so'ng 8 ochko bilan 12ta jamoa orasida 11-o'rinda bormoqda. Jamoani suriyalik Muhammad Kvid boshqarib bormoqda. Klub safida ayni paytda braziliyalik Ailton, marokashlik Issam El Adoua va Odil Xermach, iroqlik Muhannad Abdul Rahim kabi legionerlar o'ynashmoqda.  

Ma'lumot uchun, Sergeev 2016 yilda Xitoyning "Beyjing Goan" klubida ijarada o'ynab qaytgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia