Transfermarkt Turkiya chempionatining yangilangan narxlarni e'lon qildi. Hamyurtlarimizda pastlash

Khoja
18 dek 2025
Kecha Transfermarkt nashri Turkiya chempionatining yangilangan narxlarini e'lon qildi.

Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ajoyib o'yin ko'rsatayotkaniga qaramasdan narxi o'zgarishsiz qoldi. Uning ayni vaqtdagi narxi 5 million evroni tashkil etmoqda.

Biroq chempionatdagi qolgan ikki nafar futbolchimiz Abbos Fayzullaev va Husniddin Aliqulovning narxi pastladi. Fayzullaevning narxi 1 millionga arzonlashdi va u hozirda 7 million evroga baholanmoqda. Aliqulovning narxi esa 0,2 millionga kamaygan. Endi himoyachimiz 1,5 million evroga baholanmoqda.


KhojaMuallif
Manba: transfermarkt