Transfer hal - "Manchester Yunayted" Varan uchun 58 mln evro to'laydi, futbolchining maoshi ham aniq

Omonjon To`xtamirzayev
17 iyul 2021
ABC"ning xabar berishicha, "Real" va "Manchester Yunayted" himoyachi Rafael Varan transferi borasida kelishuvga erishdi.

Tomonlar shartnoma shartlarini kelishib olishgan – "Real" francuz uchun 58 mln evro oladi, deb ABC"ga tayanib yozadi "A Bola".

28 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" bilan 5 yillik shartoma borasida kelishuvga erishgan. Varanning maoshi – yiliga 12 mln evro. "Real" futbolchiga 4 yillik kelishuv va 7 mln evro maosh taklif qilgandi.

Ta'kidlab o'tamiz, Varan "Real"da o'n yil to'p tepdi. Madrid klubi tarkibida futbolchi 18 ta sovrin qo'lga kiritdi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru