"Tottenxem"ning "Yuventus"ga qarshi o'yin qaydnomasiga asosiy himoyachilardan biri kiritilmadi

Tolibjon Qosimov
13 fev 2018, 10:44
Markaziy himoyachi Tobi Alderveyreld YCHL o'yinini o'tkazib yuboradi.

Tobi jamoasining Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi uchrashuvi doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi. Belgiyalik himoyachi o'tgan chorshanba kuni uzoq tanaffusdan so'ng birinchi bor maydonga tushdi. U oyog'ining orqa paylarini cho'zib olgani sabab deyarli 3 oyni o'tkazib yubordi.

Tobining qaydnomaga kiritilmaganiga sabab deb yuqori darajada o'ynashga hali tayyor emasligi ko'rsatilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com