Futbol o'z yo'liga. "Kadis" – "Barselona" uchrashuvi muxlisning tobi qochgani tufayli to'xtatildi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2022, 23:41
Muxlisga yordam ko'rsatish uchun defibrillyator ishlatildi.

"Kadis" – "Barselona" bellashuvi to'xtatilganiga qariyb 40 daqiqa bo'ldi.

Voqealar rivoji:

- Gap shundaki, tribunadagi muxlis yomon ahvolga tushib qoldi va unga zudlik bilan yordam ko'rsatishga to'g'ri keldi.

- Futbolchilar hakam hamrohligida kiyinish xonasiga yo'l olishdi.. Hamma yaxshilikka umid qildi.

- "Kadis" darvozaboni Xeremias Ledesma tibbiy anjomlarni katta tezlikda tribunaga eltib berdi. Buni albatta alohida etirof etish joiz. 

- Keyin Ispaniya OAV turli sektorlardan joy olgan ikki muxlisning mazasi bo'lmagani haqida xabar berdi. Dastlab, ulardan birinchisi shifoxonaga olib ketildi.

- Ikkinchi bemorni ham kasalxonaga etkazishga harakatlan boshlandi va amalga oshirildi.

Demak, hammasi ortda qoldi. Futbolchilar maydonga qaytishdi. Matnli translyatsiyani mana bu sahifada kuzatishda davom eting.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo