"Tottenxem" "Yuventus" futbolchisiga qiziqib qoldi

Sherzod Nurmatov
18 okt 2022
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Ueston Makkenni qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

Amerikalik futbolchiga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Calciomercato" xabar berdi.

24 yoshli Makkenni "Yuventus"da 2020 yildan buyon to'p tepadi. O'shanda "byankoneri" futbolchini "Shalke"dan 4,5 million evroga ijaraga olib, keyinchalik 20,5 million evroga sotib olgan.

Ueston joriy mavsum barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 3 mavsumdan keyin o'z nihoyasiga etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato