“Tottenxem” va “Manchester Siti” “Atalanta” futbolchisi uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2020, 09:14
Marten de Ron APL top klublari nazariga tushdi.

“Tottenxem” qishki transferlar vaqtida “Atalanta” yarim himoyachisi Marten de Ronni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'rmoqchi. “Manchester Siti” ham futbolchiga da'vogar, biroq ular Marten transferiga yozda e'tibor qaratishni maqsad qilgan. De Ron trasnferini shaxsan Joze Mourinyu xohlamoqda. Bu transfer London jamoasiga APLda g'oliblik uchun kurashishga yordam beradi, deb hisoblamoqda portugaliyalik mutaxassis.

“Atalanta” de Ronni 2017 yil yozida 13,5 mln evro evaziga “Midlsboro”dan sotib olgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 90min