"Tottenxem" va "Barselona" "Arsenal" hujumchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2025
"Barselona" va Londonning "Tottenxem" klublari rahbarlari ushbu yozgi transfer oynasida "Arsenal"ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezusni sotib olishi mumkin.

"Caught Offside" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 28 yoshli braziliyalikni polshalik Robert Levandovskiga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Shporlar"ning fikricha, Jezus shu yozda MLS'ga o'tishi mumkin bo'lgan koreyalik Son Xyon Minga muqobil bo'la oladi.

Mutaxassislar hozirda Jezusning transfer qiymatini 32 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Gabriel Jezus o'tgan mavsum "kanonirlar" tarkibida Angliya chempionatida 17  o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside