

"TEAMtalk" nashrining xabar berishicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan bo'lsa-da, klub uni almashtirish variantlarini allaqachon ko'rib chiqyapti.
Klubdagilar ichida kelasi o'yinlar xorvatiyalik murabbiyining taqdiri uchun hal qiluvchi bo'lishi mumkin, degan fikr bor. "Shporlar" rahbariyati qaror chiqarishdan oldin Premer-liga doirasidagi "Liverpul"ga qarshi uchrashuvni kutadi.
Bosh murabbiylikka nomzodlar orasida "Tottenxem" afsonasi, sobiq hujumchi Robbi Kin bor. Yana bir davogar – italiyalik murabbiy Roberto De Zerbi. Biroq xabarlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis mavsum oxirigacha vaqtinchalik lavozimni egallashga unchalik qiziqmaydi.



