"Tottenxem" "Sautgempton" futbolchisi bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Alisher
2 iyun 2022
"Tottenxem" "Sautgempton" darvozaboni Freyzer Forster bilan shartnoma imzolaydi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "shporlar" 34 yoshli angliyalik bilan 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallanadigan bitim borasida kelishuvga erishdi. Futbolchi "Tottenxem"ga erkin agent maqomida o'tadi, rasmiy bayonot yaqin kunlarda beriladi.

Forster 2021/22 yilgi mavsum "Sautgempton" libosida 24ta o'yinda maydonga tushdi.

Darvozabonning hozirgi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggida yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano