"Tottenxem" portugaliyalik o'yinchini 60 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi

Alisher
13 yanv 2020, 14:54
"Tottenxem" "Benfika" yarim himoyachisi Jedson Fernandesh bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Tomonlar 21 yoshli xavbekni 1,5 yilga sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha kelishib olishdi.

O'yinchi bugun bitimni yakunlash maqsadida Angliyaga uchib keladi. Londonliklar Jedsonni 60 million evroga sotib olishlari mumkin.

"Tottenxem" o'yinchi uchun bo'lgan raqobatda "Vest Xem" va "Vulverxempton" jamoalaridan ustun keldi.

Futbolchi joriy mavsum Portugaliya chempionatida 7ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Record