"Tottenxem" "Mec" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
28 avg 2021
"Mec" xavbeki Pape Matar Sarr faoliyatini "Tottenxem"da davom ettiradi.

Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. 18 yoshli senegallik futbolchi joriy mavsumni "Mec"da tugatib qo'yadi.

Transfer tafsiloltlari va o'yinchining "Tottenxem" bilan shaxsiy shartnomasi noma'lumligicha qolmoqda.

Sarr o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. Uning hisobida Senegal terma jamoasida ikkita o'yin bor.


AlisherMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com