

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
"Uni klubga Shota Arveladze taklif qilgandi. Biroq futbolchi kecha Fransiyaning "Mec" klubi bilan shartnoma tuzdi", – deyiladi xabarda.

32 yoshli futbolchi 2025/26 yilgi mavsum Kiprning "Aris" jamoasida harakat qilib, 21 o'yinda 8 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uni 1 mln evroga baholagan.



