"Tottenxem" "Man Siti" futbolchisini qo'lga kiritish uchun narxni ko'tardi

Khoja
25 avg 2025
"Tottenxem" hujumni kuchaytirish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.

London klubi "Manchester Siti"ning qanot vakili Savino sotib olish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda. Jamoa futbolchining transferi uchun 70 million evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.

Hozircha tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Yaqin kunlar ichida transfer tafsilotlari ma'lum bo'ladi.

Avvalroq, "Tottenxem" braziliyalik vinger uchun 60 million evro taklif qilgandi. Biroq bu summa "shaharliklar"ni qoniqtirmagandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com