

Taniqli jurnalist va insayder Fabricio Romanoning xabar qilishicha, Kristian Romero borasidagi muzokaralar to'xtab qolgan. "Tottenxem" futbolchi uchun 40-45 mln evro taklif qilgan bo'lsa, "Atalanta" 55 mln evro talab qilmoqda. "Shporlar" uchun bu summa juda ko'plik qiladi.
Ma'lumot uchun, ushbu himoyachiga "Barselona" ham qiziqmoqda.



