"Tottenxem" Keynni 80 mln. evro va bonuslar evaziga sotmadi, biroq...

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2023
"Tottenxem" "Bavariya"ning Xarri Keyn transferi bo'yicha ikkinchi taklifini rad etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi 80 mln. evro va bonuslari bor taklifga "yo'q" degan. Shunga qaramay, "Bavariya" Keynni o'z safiga qo'shib olish uchun to'xtab qolgani yo'q.

"Bavariya"dagilarning so'zlariga ko'ra, Keyn ham faoliyatini nemis grandida davom ettirmoqchi.

Oldinroq, myunxenliklar Xarri uchun 70 mln. evro taklif qilib, rad javobi olishgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times