"Bavariya" va "Inter" Germaniya terma jamoasi vingeriga davogarlik qilmoqda

Alisher Ostonov
8 mar 2026
24 yoshli germaniyalik vinger Kevin Shade "Bavariya" va "Inter" e'tiboriga tushmoqda, futbolchiga "Tottenxem" ham davogarlik qilmoqda.

Hozirda futbolchi APLda "Brentford" sharafini himoya qilmoqda. Manbalarning takidlashicha, futbolchining o'zi klubini o'zgartirmoqchi. Jamoa bilan amaldagi shartnoma 2028 yilning yoziga qadar imzolangan. Agar Shade uchun katta summa taklif qilinsa, "Brentford" muzokaralarga tayyor.

Kevin Shade 2023 yilda "Frayburg"dan "Brentford”ga o'tgan edi. Bu mavsumda futbolchi klub safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk