"Tottenxem" "Jenoa" himoyachisi transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2023
"Tottenxem" "Jenoa" bilan himoyachi Radu Dregushin transferi bo'yicha muzokaralarga kirishdi.

Manbaning xabariga ko'ra, londonliklar futbolchi bilan shartnoma kelasi haftagacha tuzilishini istamoqda. Biroq bu tez orada amalga oshmasa, "shporlar"ning boshqa rejasi bor.

21 yoshli Dregushin joriy mavsum 21 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano