"Tottenxem" A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi bilan kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2021
"Atalanta" himoyachisi Kristian Romero "Tottenxem"ga o'tadi.

Mashhur jurnalist va insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Tottenxem" klubi "Atalanta" himoyachisi Kristian Romero bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Shartnoma 2026 yilgacha bo'lishi rejalashtirilmoqda. Klublar orasidagi muzokaralar esa davom etmoqda. 

Eslatib o'tamiz, argentinalik himoyachi A Seriyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi himoyachisi deb topilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://twitter.com/FabrizioRomano