Pulishichga “Arsenal”, MYU va "Tottenxem" qiziqmoqda. "Milan" xavbekni 70-80 mln evroga sotishga tayyor

Alisher Ostonov
15 fev 2026, 13:37
"Milan" xavbeki Kristian Pulishich APLga qaytishi mumkin.

27 yoshli amerikalik futbolchiga "Arsenal”, Manchester Yunayted" va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda va u Premer-ligaga qaytish uchun ochiq.

"Rossonerilar" Pulishichni mavsum yakunida 70-80 mln evroga sotishga tayyor.

Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 17 ta o'yinda 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: CaughtOffside