

“O'ylashimcha, Tottenhem yaqin 2-3 yilda Angliyaning eng yaxshi klublaridan biriga aylanadi. Rostini aytsam, bunday deyish menga yoqmayapti. Lekin, na chora buni to'g'ri qabul qilish kerak. APL uchun bu ijobiy holat. Tottenhemda yangi stadion va yaxshi futbolchilar bor. Chelsi esa juda ko'p sovrinlarni yutgan. Biroq, shporlarda bunday natijalar yo'q.”, - deya qayd etgan aristokratlar vingeri.



