"Tottenxem" futbolchisi madridliklar bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga uchib ketdi

"Tottenxem" himoyachisi Kiran Tripper faoliyatni Madrid jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.

28 yoshli futbolchi "Atletiko" bilan muzokara o'tkazish va tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Ispaniyaga uchib ketdi.

Chorshanba kuni "shporlar" mavsumoldi o'tkaziladigan turgeda ishtirok etish uchun Singapurga yo'l olishadi. Triper esa mazkur musobaqada qatnashmaydi.

Angliyalik futbolchining narxi 20 mln. evroga baholanmoqda. O'tgan mavsum Tripper APLda 27 o'yin o'tkazdi va gol+pas tizimida 5 bal to'pladi (1 ta gol, 4 ta assist).

"Atletiko"ning navbatdagi transferi saytimizning fidoiy xodimlaridan biri Tolibjon Qosimovning e'tiboridan chetda qolmadi.



Qayd etish kerak, "Atletiko" ushbu yozgi transferlar oynasida futbolchilarini sotish orqali yaxshigina summa ishlab olmoqda.

"Atletiko" bu transferlar mavsumida qancha pul ishladi?


Bunga qadar madridliklar Joau Feliks, Ivan Shaponich va yana bir qator yangi futbolchilarni sotib olgandi. Hozir klub rahbariyati Hames Rodriges transferi bo'yicha ham ishlamoqda.

Rasman: "Atletiko" klubi "Benfika"dan yana bir hujumchini sotib oldi 

Rasman. “Atletiko” yangi transferini e'lon qildi 

Rasman: Portugaliyalik yosh yulduz "Atletiko" bilan shartnoma imzoladi 

Rasman: "Atletiko" "Chelsi" futbolchisini sotib oldi

Rasman: Ektor Errera – "Atletiko" futbolchisi

Rasman: "Atletiko" Felipeni sotib oldi

 Rasman: "Atletiko" Lorenteni tanishtirdi


Manba: telegraph.co.uk