Toshkentning "Liverpul" bolalar klubi xotira turnirida g'olib bo'ldi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 11:23
10 avgustdan 15 avgustgacha Chust shahrida "Paxtakor-79" xotira turniri o'tkazildi.
2004-05 yil tug'ilgan bolalar o'rtasida 12ta jamoa ishtirok etdi. Bu yosh toifasida Chirchiq futbol internati g'olib bo'ldi. Ikkinchi o'rinni Kosonsoy BO'SM jamoasi egallagan bo'lsa "Liverpul-Gol" uchinchi bo'ldi.

2006-07 yilda tug'ilgan bolakaylar o'rtasidagi musobaqada 10 jamoa qatnashdi. Unda "Liverpul-Gol" g'oliblikni qo'lga kiritdi. Keyingi o'rinlarni "Chust" va "Norin" jamoalari egallashdi.

Farzandingizni "Liverpul-Gol" futbol maktabiga borishini istaysizmi? U holda hozir davom etayotgan tanlovga marhamat.

Manzil: Mirobod tumanida joylashgan klub, Ozarbayjon elchixonasining yonginasida joylashgan. Yangi qabulga ko'ra, 2004-2008 yilda tavallud topgan futbolchilar "Liverpul" klubi a'zosiga aylanishlari mumkin. Qabul haftaning barcha kunlari soat 8:00dan 10:00gacha. Ma'lumot uchun telefon: +99899 815-1922

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia