Toshkent shahar futbol Associaciyasidan 2-liga uchun super musobaqa!

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2020
17-22 fevral kunlari Toshkent shahar futbol associaciyasi tomonidan 2-liga jamoalari uchun, yangi mavsum oldi tayyorgarligini yanada yaxshi holatda bo'lishi uchun "Toshkent Kubogi"-2020 musobaqasini tashkil qiladi.

Quvonarlisi shundaki, ilk marotaba musobaqa g'oliblari moddiy rag'batlantiriladilar. "Toshkent Kubogi" sohibi 5 million so'm miqdorida yutuqqa ega chiqsa, finalchi 3 million so'mga ega bo'ladi.

Musobaqada Toshkent shahar FAning attestaciyasidan o'tgan 2-liga jamoalari ishtirok etadilar.

"Bugungi kunda futbolimiz jadal rivojlanish ostonasida turibdi. Barchamizning e'tiborimiz Olimpiya terma jamoasiga qaratilgani sir emas. Keyingi olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni Toshkent shahaor futbol associaciyasi bugundan boshlab yubordi. 2020 yilgi mavsumda sizlarni turli xil sovg'alar kutib turibdi deb ayta olaman. Bu borada O'zbekiston Olimpiya qo'mitasi, Sport vazirligi, O'zbekiston futbol Associaciyasi va homiylarimiz bizni qo'llab-quvvatlab turishga vada berishgan. Bizdan faqat yaxshi saviyadagi ish talab qilinadi xolos", - deydi TFA 1-Vice-prezidenti Alisher Polatov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia