Venesuela bosh murabbiyi: "Turnirda jismoniy jihatdan kuchli, ko'p yuguradigan va bosim o'tkazadigan jamoalarga qarshi o'ynayapmiz"

Оқил Абдубарноев
29 mar 2026
Venesuela bosh murabbiyi Osvaldo Viskarrondo Toshkent mezbonlik qilayotgan FIFA Series turniri 1-turi doirasida Trinidad va Tobagoga qarshi o'yindan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Trinidad va Tobago ustidan qozonilgan g'alabadan juda xursandman, FIFAga turnir taklifi uchun minnatdorchilik bildiraman. Mazkur musobaqa biz uchun o'sishda davom etish, yangi variantlarni izlash va o'yinchilarni ko'zdan kechirishda juda asqotadi. Biz odatda to'qnash kelmaydigan terma jamoalar bilan ikkita o'yin o'tkazish imkoniga ega bo'ldik, biroq bugungi kunda futbol ancha tenglashgan – raqiblar jismoniy jihatdan kuchli, ko'p yuguradigan va bosim o'tkazadigan jamoalardir.

Bu esa bizga o'z g'oyamizni va o'zligimizni saqlab qolishda, shuningdek, terma jamoada kamroq maydonga tushayotgan yigitlarni sinab ko'rishda yordam beradi; bugun ular buni uddalashdi. Shunday ekan, xulosa ijobiy.

Ko'plab yaxshi jihatlar bilan qaytyapmiz, albatta, xatolar ustida ishlashimiz ham kerak, lekin jamoaning jipsligi va yigitlarning terma jamoaga bo'lgan sadoqati bizni xotirjam qiladi, bu esa kelgusidagi rejalarimiz oldidan bizga kuch bag'ishlaydi", dedi 41 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Venesuela 30 mart kuni O'zbekistonga qarshi bahs olib boradi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia