Torreyraning agenti futbolchida "Valensiya"ga o'tish bo'yicha kelishuv borligini aytdi

Alisher
14 iyul 2022
"Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyraning agenti Pablo Bentankur mijozida "Valensiya"ga o'tish borasida kelishuv borligini aytdi.

"Bizda "Valensiya" bosh murabbiyi Gattuzo bilan Lukasning jamoaga o'tishi borasida kelishuv bor. Bu borada juda muhim uchrashuv rejalashtirilgan. Gap shundaki, Mikel Arteta Torreyraning "Arsenal" bilan mavsumoldi tayyorgarligida qatnashishini xohlamoqda", - deydi Bentankur.

Torreyra o'tgan mavsumni ijara asosida "Fiorentina"da o'tkazdi. 26 yoshli urugvaylik italyan jamoasi tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: sport890.com.uy