"Torino" forvardi Belotti "Nyukasl" va "Al Hilol"ning taklifini rad etdi

Alisher
29 yanv 2022
"Torino" hujumchisi Andrea Belotti "Nyukasl" va "Al Hilol"ga o'tishni xohlamadi.

Angliya va Saudiya Arabistoni klublari 28 yoshli italiyalikka 7-8 million evro maosh taklif qilishdi, ammo forvard bularga rozi bo'lmadi.

Hozirgi klubi bilan joriy mavsum so'nggiga qadar shartnomasi mo'ljallangan futbolchi faoliyatini "Milan"da davom ettirmoqchi va ushbu jamoadan taklif kutmoqda.

Belotti 2021/22 yilgi mavsum "Torino" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia