Top-5 ligalar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar: Zlatan 8-o'ringa ko'tarildi, Ronaldu – yetakchi, Messi – esa...

Ayni paytda "Milan" A Seriya 8-turi doirasida "Napoli" bilan o'ynayapti.

Mazkur bahsda hisob "rossonerilar"ning 39 yoshli forvardi Zlatan Ibragimovich tomonidan ochildi.

Bu shvetsiyalik hujumchi tomonidan top-5 ligalarda urilgan 287-golga aylandi. Zlatan bu borada "Liverpul"ning sobiq hujumchisi Gordon Xojsonga tenglashib oldi. Top-5 ligalar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar:

1. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") – 455;

2. Lionel Messi ("Barselona") – 447;

3. Jimmi Grivz – 366;

4. Gerd Myuller – 365;

5. Stiv Blumer – 317;

6. Diksi Din – 310;

7. Delio Onnis – 299;

8. Gordon Xojson va Zlatan Ibragimovich – 287.


Manba: Stats Foot