

Qayd etilishicha, Tonali yozgi transfer oynasida "qaymoqranglilar" safiga o'tish istagini bildirgan. Biroq, "Real" ushbu bosqichda yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor emasligini ma'lum qildi. Avvalroq, Tonali uchun "Arsenal" va "Chelsi" davogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tonali "Milan"dan keyin 2023 yildan beri "Nyukasl"da o'ynamoqda. Ushbu mavsumda yarim himoyachi klub safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



