Tojikiston o'smirlari "Krasnodar"ga imkoniyatni boy berishdi, keyingi rakiblar – Bolgariya va Meksika

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2022
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogi-2023 saralash bahslariga hozirlik ko'rayotgan Tojikiston U-16 terma jamoasi Turkiya yig'ini doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Zayniddin Rahimov shogirdlarining bu galgi sparring-raqibi "Krasnodar" akademiyasi bo'ldi. Uchrashuv 4:1 hisobida krasnodarliklar foydasiga hal bo'ldi.

Tojikiston U-16 ning Turkiya yig'inidagi natijalari:

24 yanvar 

Tojikiston U-16 – Bolgariya U-16  1:1

29 yanvar 

Tojikiston U-16 – "Krasnodar" akademiyasi U-16  1:4

Tojikistonlik o'smirlarning o'quv-yig'in mashg'ulotlaridagi keyingi raqiblari Bolgariya U-16 (31 yanvar), Meksika U-16 (3 fevral) bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia