Shomurodovning agenti: "Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo'lgandi"

Alisher
9 fev 2021
"Jenoa" forvardi Eldor Shomurodovning agenti German Tkachenko o'yinchining A Seriyadagi debyutidan yarim yil o'tib ko'tarilishga erishishga tayyorligi haqida gapirdi.

Shomurodovning agenti shuningdek "Yuventus" tomonidan qiziqish bo'lgani haqida gapirdi.

"Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo'lgandi. Ammo "Jenoa" varianti juda jozibali edi va Eldor A Seriyaning eng tarixiy klublaridan birini tanladi.

Eldor "Jenoa"ning kelajakda o'sish uchun yoqimli boshlanish nuqtasi ekanlini biladi. U o'tish davriga kirdi, ammo karerasining ushbu bosqichidan zavqlanmoqda.

"Yuventus"ning qiziqishi haqida o'qish yoqimli, ammo aloqalar bo'lmadi. Menimcha klublar vakillari o'zaro muloqot qilishgan", - deydi Tkachenko.


AlisherMuallif
Manba: Calcio Mercato