Tite jahon chempionatidagi rejalari haqida gapirdi

Оқил Абдубарноев
20 iyun 2022
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite The Guardian nashriga bergan intervyusida jamoasi Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida chempionlik uchun kurashmoqchi ekanligini aytdi.

"Diqqatimni bir erga jamlagan holda ushbu turnirni intiqlik bilan kutyapman. Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdik. Endi finalga yo'l olish va chempion bo'lish vaqti keldi. Bu haqiqat", - dedi Tite.

Jahon chempionatining guruh bosqichida braziliyaliklar Serbiya, Shveytsariya va Kamerunga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar o'tkaziladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Guardian