

Braziliya futbol konfederatsiyasi hozirda ikki nomzodning variantini o'rganmoqda va tashkilot rahbari Ednaldo Rodriges yaqin orada “Fenerbahche” bosh murabbiy Jorje Jezush hamda “Palmeyras” ustozi Abel Ferreyra bilan muzokara olib boradi.
Turk klubi Jezushni qo'yib yuborishni xohlamayapti. “Palmeyras” esa Ferreyraga BFK bilan muzokara o'tkazishiga ruxsat berdi.



