Timur Kapadze Olimpiadaga olib ketishni reja qilgan uch nafar yoshi katta futbolchining kimligini ma'lum qildi

Khoja
1 iyul 2024
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Timur Kapadze Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga olib ketishni reja qilgan uch nafar yoshi katta futbolchisining ismini ma'lum qildi.

Olimpiyachilarimiz ustozining ma'lum qilishicha, terma jamoamiz U-23 yosh toifasidan kattalar limitidan to'liq foydalanadi – Eldor Shomurodov, Oston O'runov va Husniddin Aliqulov Parijga olib ketiladi.

Eslatib o'tamiz, Olimpiada uchun jamoalar faqatgina 18 nafar futbolchini "zayavka" qilishlari mumkin. Bundan tashqari, yana 4 nafar o'yinchini zaxira varianti sifatida ro'yxatdan o'tkazish mumkin. Musobaqa payti 18 talikdan kimdir jarohat olib yoki betob bo'lib qolgan o'yinlarda o'ynay olmasa, uning o'rniga o'sha 4 nafar zaxiradagi futbolchilardan birini "zayavka"ga kiritish mumkin bo'ladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia